19:48 / 17.05.2021
834

Aliment pulini to‘lamagan Rishtonlik otaga chora ko‘rildi

Aliment pulini to‘lamagan Rishtonlik otaga chora ko‘rildi

Joriy yilning 7 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudida O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan O.Bozorovni ayblash haqidagi jinoyat ishi sayyor sudda ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida O.Bozorov bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun 2008 yildan, ya’ni 13 yildan ortiq vaqt mobaynida 40 mln. so‘mdan ortiq aliment pulini to‘lashdan bosh tortib kelganligi jamoatchilikning qattiq tanqidiga sabab bo‘lgan.

Hatto qarzdor ota sud zalida ham aliment pulini to‘lamasligini ma’lum qilgach, undiruvchi M.Usmonova sudlanuvchiga qonuniy jazo berishlikni so‘ragan. Shunga ko‘ra, sud O.Bozorovga nisbatan JKning 122-moddasi 1-qismi bilan 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, sayyod sudda 10 nafar aliment to‘lashdan bosh tortgan qarzdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma’muriy ish materiallari ham ko‘rib chiqilib, 6 nafar otalarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan, 2 nafar qarzdor aliment pulini to‘liq to‘laganligi sababli javobgarlikdan ozod qilingan, 2 nafariga nisbatan 10 kun qo‘shimcha muddat belgilangan.

Jumladan, qarzdorlar I.Axmedov ikki nafar farzandi uchun 9 oydan buyon 6 mln. 542,1 ming so‘m hamda B.Ro‘zimatov bir nafar farzandi uchun 7 oydan buyon 4 mln. 148,9 ming so‘m to‘lanmasdan kelingan aliment puli sud protsessi davomida to‘liq undirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Aliment pulini to‘lamagan Rishtonlik otaga chora ko‘rildi