23:36 / 17.05.2021
4 405

Bahodir Ahmedov lavozimidan ozod qilindi


B.M.Ahmedovni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan Bahodir Majidovich Ahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimida faoliyat yuritgan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan Ahmedov Bahodir Majidovich Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergandik.

B.Ahmedov vazirlikning tuman bo‘limida badiiy rahbar, tuman bo‘limi mudiri, Toshkent shahar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i, vazir o‘rinbosari, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Ayni paytda Chim ustida xokkey federatsiyasi rahbari ham hisoblanadi.

Bahodir Ahmedov 1973 yilda tug‘ilgan. U 1996 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini bitirgan. 2007 yilda Prezident qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bahodir Ahmedov lavozimidan ozod qilindi