12:58 / 18.05.2021
3 409

Tarmoqlarda tarqalgan behayo videolar Mo‘ynoqda sodir bo‘lmagani aytilmoqda


Mo‘ynoqda o‘tkazilgan «Stixiya» elektron musiqa, madaniyat va ilm festivalida Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Qirg‘izistondan kelgan musiqiy prodyuserlar, musiqachilar va DJlar ishtirok etishgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikas i Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Forumda, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya olimlari, ekologlari, mutaxassislari hamda 300 nafarga yaqin sayohlar qatnashdi.
Festival doirasida «6 milliard daraxt» ijtimoiy aksiyasi o‘tkazilib, uning davomida Mo‘ynoq shahrida 5 mingdan ortiq daraxt ekish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan buta va mevali daraxtlarni Mo‘ynoq shahri hamda Orol dengizining pastki qismida bosqichma-bosqich ekishga yo‘naltirilgan.

«Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur festival davomida bo‘lganligi aytilayotgan yalong‘och holda o‘ynayotgan qizning videolari tarqalmoqda.
Festivalda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jamoat, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligi ta’minlandi hamda ishtirokchilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishi nazorat qilindi.
Tarmoqlarda tarqalgan nojo‘ya videolar «Stixiya» elektron musiqa, madaniyat va ilm festivalidan olinmagan
», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tarmoqlarda tarqalgan behayo videolar Mo‘ynoqda sodir bo‘lmagani aytilmoqda