18:13 / 18.05.2021
2 181

«Internetda sharmandangni chiqaramiz» degan ikki ayol 8 ming dollar bilan qo‘lga tushdi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan  tezkor tadbir o‘tkazildi.

G.Yu. va N.I. ismli ayollar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni shaxsiy video va fotosuratlarini internet tarmoqlarida tarqatish orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitganlar.

So‘ngra undan tovlamachilik yo‘li bilan 8 000 AQSH dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan G.Yu. va N.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Internetda sharmandangni chiqaramiz» degan ikki ayol 8 ming dollar bilan qo‘lga tushdi