18:36 / 18.05.2021
2 076

Toshkent viloyatida qiz tanishining «Lasetti»sini olib qochdi


2021 yilning 10 may kuni J.Azamat «102» qisqa raqamiga xabar qoldirgan. Aniqlanishicha, J.Azamat shu kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Avto sug‘urta» binosiga «Lasetti» avtomashinasida «Sevara» ismli qiz bilan kelgan va sug‘urta polisini yangilash maqsadida avtomashinasini eshiklari ochiq holatda qizga tashlab binoga kirgan.

Fuqaro binodan qaytib chiqqanida esa mashina noma’lum kishi tomonidan olib ketilgan bo‘lgan. Qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 21 yoshli B.Sevara sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Totuvli mahallasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Sevaraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida qiz tanishining «Lasetti»sini olib qochdi