11:45 / 19.05.2021
1 640

Kitoblik tadbirkor asalarichilikdan yiliga 100 mln so‘mdan ortiq daromad topmoqda


Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Hamza Omonov asalarichilikdan yiliga 100 mln so‘mdan ortiq daromad qilmoqda. Bu haqda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

«Bir necha yildan beri asalarilarni parvarish qilib kelaman. Bu sohaning sir-asrorlarini yoshligimda o‘rganganman desam adashmagan bo‘laman. Bizga asalarichilik ota meros kasb hisoblanadi. Buning ustiga turmush o‘rtog‘imning asalchilik sirlaridan xabardorligi menga qo‘l kelib, oilaviy tadbirkorligimizning kengayishiga yordam bermoqda. Hozirda biz yiliga o‘rtacha bir yarim tonnagacha asal olmoqdamiz.

Bu esa tahminan 120 million so‘mgacha daromad deganidir. 2020 yil pandemiya oqibatida asalimizni hech qayerga olib chiqolmagan bo‘lsakda, o‘tgan yili 150 million daromad oldik. Pandemiya vaqtida ko‘p joylar yopilgan edi. Biz esa umidimizni so‘ndirmasdan, tun-u kun mehnat qildik
»,  - deydi tadbirkor Hamza Omonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kitoblik tadbirkor asalarichilikdan yiliga 100 mln so‘mdan ortiq daromad topmoqda