14:07 / 19.05.2021
2 724

Andijonda zo‘rlangan ayol ishini ichki ishlar vaziri shaxsan nazoratga oldi


13 may kuni Andijon viloyati, Andijon tumanida homilador ayolga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik jinoyati aholi o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘ldi. 

IIV axborot xizmati ma’lum qilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari Andijon viloyati IIB tomonidan amalga oshirilmoqda. Ishga Ichki ishlar vazirligining alohida mutaxassislari jalb etilgan.

Hozirda, voqea joyidan olingan ashyolar, biologik izlar, jabrlanuvchi va gumonlanuvchilarga tegishli kiyimlar dalil tariqasida olinib, sud-tibbiy ekspertiza, sudga oid biologik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizalar tayinlangan.

Shuningdek, jabrlanuvchi O.O.ning ko‘rsatmasiga ko‘ra, unga zo‘rlik ishlatgan hamda jinsiy aloqada bo‘lganligi vaj qilinayotgan olti nafar gumonlanuvchi fuqarolarning ko‘rgazmalari, voqeaning xronologik tartibi hamda mavjud guvohlarning bayonotlari to‘liq o‘rganilmoqda.

Voqea yuzasidan gumonlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari, dastlabki sud tibbiy ekspertizasining natijalari hamda jabrlanuvchining ko‘rsatmalari o‘rtasida jiddiy tafovutlar borligi sababli, qo‘shimcha tergov va tezkor harakatlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur jinoyatni fosh etish jarayoni Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratida bo‘lib, holat to‘liq o‘rganilmoqda. Tergovning yakuni bo‘yicha har bir ishtirokchining harakatlariga huquqiy baho beriladi hamda aybdorlar uchun jazo muqarrarligi ta’minlanishi kafolatlanadi. Bu haqda jamoatchilikka o‘z vaqtida va batafsil e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda zo‘rlangan ayol ishini ichki ishlar vaziri shaxsan nazoratga oldi