18:12 / 19.05.2021
883

Andijonda tiktoker Motamsaro ona haykaliga qilgan hurmatsizligi uchun 15 sutkaga qamaldi

Andijonda tiktoker Motamsaro ona haykaliga qilgan hurmatsizligi uchun 15 sutkaga qamaldi

Kadr: Telegram
Andijon shahrida Motamsaro ona haykaliga hurmatsizlik qilgan 37 yoshli erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalida ma’lum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 nafar farzandi bor 37 yoshli Z.Q. ismli fuqaro haykal ustiga chiqib yotib olgani tasvirlangan video tarqaldi. «Onaxonning quchog‘ida yotibman... Kimligini bilmayman, sen taniysanmi? Men ham tanimayman», — deydi u.
Ushbu fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu Z.Q. tomonidan sodir etilgan ikkinchi huquqbuzarlik hisoblanadi. Bundan oldin u harakatlanayotgan poyezd ostiga yotib olgani tasvirlangan videoni internetda tarqatgan edi. Erkak qilgan ishidan uzr so‘rab, qayta bunday ish qilmaslikka va’da bergan.
«Bundan buyog‘iga yaxshi odam bo‘lib, yaxshi hayotda yashashga harakat qilaman. O‘ylamagan xatti-harakatim shunaqa vaziyatga olib keldi. Yoshlarga bu ibrat bo‘lsin. Xalqimizdan kechirim so‘rayman, uzr», — deydi u.
E’lon qilingan kadrlardan ko‘rish mumkinki, huquqbuzar erkak haykalni artib, atrofini tozalab qo‘ygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda tiktoker Motamsaro ona haykaliga qilgan hurmatsizligi uchun 15 sutkaga qamaldi