12:30 / 20.05.2021
1 621

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 263 kishida koronavirus tasdiqlandi. Qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi


O‘zbekistonda 19 may kuni yana 263 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 18 may kuni 212 nafar, 17 may kuni 175 nafar, 16 may kuni 223 nafarni tashkil etgandi.
Yangi kasallanish holatlarining
11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
5 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Namangan viloyatida,
30 nafari Samarqand viloyatida,
5 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
11 nafari Farg‘ona viloyatida,
9 nafari Xorazm viloyatida,
44 nafari Toshkent viloyatida,
120 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 97 543 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Buxoroda 8 nafar, Namanganda 3 nafar, Samarqandda 68 nafar, Surxondaryoda 3 nafar, Farg‘onada 9 nafar, Toshkent shaharida 140 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93 071 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 676 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3796 nafar bemor davolanyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 263 kishida koronavirus tasdiqlandi. Qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi