19:10 / 23.05.2021
2 652

Rasul Kusherbayev: O‘zimizga yaxshi baho beramiz, chunki «yerni chuqurroq haydayapmiz»


«Toshkent Besh tashabbus harakati» yoshlar festivalida so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev barcha deputatlarni ham xalq tanimasligi, ularning ko‘rinish bermasligi haqida berilgan savolga javob berdi.

«Deputatlarni nega tanimaymiz deysizmi? Unda siz ‘Axborot’ni ko‘rmas ekansiz, davlat kanallarini kuzatmas ekansiz. Deputatlarning deyarli barchasi chiqishlar qilishadi, asosan, davlat kanallarida chiqishadi. Xalqqa nisbatan hammaga qiziq, kichikroq muammoli masalalar bo‘yicha videolar yetib keladi, shunaqa videolar tarqaladi. Shunda ko‘proq ko‘rinish bersak kerak.

Muhimroq, kattaroq masalalar davlat kanallarida chiqib, tarmoqlarda tarqalmasa kerak. O‘zimizga baho berishga kelsak, bu noto‘g‘ri deb o‘ylayman, ishimizga besh baho deyishim mumkin, lekin bunga ishonmaysiz. Bahoni siz berishingiz kerak. Bizga qolsa, fermerga hosildorlik haqida berilgan savol bo‘yicha javobi bor-ku, ‘yerni chuqurroq haydaganimiz uchun’ deb javob beriladigan. Yaxshi baho beramiz, chunki ‘yerni chuqurroq haydayapmiz’. Savol sizga berilishi kerak, siz qanday baholaysiz? Biz o‘zimizni yaxshilayveramiz-da. Sizning bahoyingiz esa ob’ektiv bo‘ladi », — deya gapirib o‘tdi Kusherbayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasul Kusherbayev: O‘zimizga yaxshi baho beramiz, chunki «yerni chuqurroq haydayapmiz»