20:10 / 23.05.2021
2 102

Vazir: «Farzandlarimni tanlovlarda qatnashtirmayman. G‘olib bo‘lsa, baribir boshqacha qaraladi»


Toshkent shahrida «Toshkent 5 tashabbus harakati» tadbirlari doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz xabariga ko‘ra, muloqot davomida vazir OTMlarda nomdor stipendiatlar saralashida tanish bilishchilik va korrupsiya holatlari ko‘pligi haqidagi savolga ham javob berdi.

«Haqiqatan ham, bu yilgi nomdor stipendiantlarni qayta saralash natijalari bo‘yicha, 9ta holatda talabalar noto‘g‘ri va noxolis baholangani aniq bo‘ldi.

Ko‘p narsa inson omiliga bog‘liq bo‘lib qolgan, haqiqiy natijaga emas. Yaxshilab surishtirilsa, stipendiya yutgan talaba OTMning qaysidir o‘qituvchisi, rahbariga qarindosh bo‘lib chiqadi. To‘g‘ri, men tushunaman, prorektorning bolasi ham yaxshi o‘qishi mumkin.

Uning ham yaxshi o‘qishga haqqi bor, lekin... Masalan, men farzandlarimni turli tanlovlarga qatnashtirmaganman. «Bolam, sen zo‘r bo‘lsang, IELTS’dan 7 ball olgin, shunda hamma seni tan oladi, bo‘lmasa baribir boshqacha qaraladi. Ha, vazirning o‘g‘li, deydi». Oilada talab shunday qo‘yilgan.

Tekshiruvlarda aniq bo‘ldiki, stipendiya olganlarning ko‘pchiligi o‘qituvchilarning farzandlari. Shogirdlarini o‘tkazish holatlari. Undan-da kuchli bolalarning qolib ketgani holatlari.

Shuning uchun, bu yildan nomdor stipendiantlarning tanlovini mutlaqo shaffof qilyapmiz. Bu shunday tizim bo‘lyaptiki, talabalarning o‘zi g‘olibni tanlaydi, o‘zi ovoz beradi. Hamma narsa o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lib qolishi kerak emas», – dedi Abduqodir Toshqulov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir: «Farzandlarimni tanlovlarda qatnashtirmayman. G‘olib bo‘lsa, baribir boshqacha qaraladi»