11:23 / 24.05.2021
2 668

«GAI» va haydovchi o‘rtasidagi ayovsiz tortishuv videosiga izoh berildi


Ijtimoiy tarmoqda YPX inspektori va fuqaro o‘rtasida tortishuv aks etgan videolavha tarqaldi. YHXB ma’lumotiga ko‘ra, holat joriy yilning 4 may kuni sodir bo‘lgan.

YPX inspektori O.Ortiqov M-39 avtomobil yo‘lining «Omonqo‘ton» YPX maskanida hizmat olib borayotgan vaqt, «Lada Vesta» rusumli transport vositasi haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzganligi uchun to‘xtatilib, haydovchidan hujjatlarini taqdim qilishi so‘ralganida, haydovchi YPX inspektoriga hujjatlarni taqdim qilmagan.

Xodim va haydovchi o‘rtasidagi to‘liq muloqot inspektorning «Body camera»sida qayd etilgan.

YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi muloqot yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan, deya yakunlanadi xabar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «GAI» va haydovchi o‘rtasidagi ayovsiz tortishuv videosiga izoh berildi