16:00 / 24.05.2021
1 905

Angrenda bir necha mashina to‘qnashuvida besh kishi halok bo‘ldi


Skrinshot
24 may kuni soat 09:30larda Angren shahridan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining «Namangan-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan «MAN» rusumli tirkamali yuk avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilib, o‘zidan oldinda temir yo‘l kesishmasiga yetmay to‘xtagan.

FVV xabariga ko‘ra, natijada «Lasetti», «Kobalt», «Jentra», «Neksiya-3», «Matiz», «Neksiya-3» va «Lasetti» rusumli avtomobillari bilan to‘qnashib, YTH sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida «Lasetti» rusumli avtomobili yongan.

YTH natijasida 5 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan, fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda. Tan jarohati olgan fuqarolar Angren shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB va Angren shahar FV bo‘limi, IIB, Prokuratura va SSB hamda tezkor-tergov guruxi xodimlari chiqishgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda bir necha mashina to‘qnashuvida besh kishi halok bo‘ldi