17:13 / 25.05.2021
2 498

Deputatning kaltaklangani videosi tarqaldi


Joriy yilning 14 aprel kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Kengashiga Xalq demokratik partiyasidan deputat O‘ktam Jabborov bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgandi.

Holat yuzasidan Boysun tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Surishtiruv ishlari boshlanganiga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagani, tergov harakatlari cho‘zib yuborilgani jabrlanuvchi, uning yaqinlarining noroziligiga, partiyadoshlarining xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisaning videosi tarqaldi. Unda bir necha kishi deputatni ayovsiz kaltaklagani tasvirlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Deputatning kaltaklangani videosi tarqaldi