18:15 / 25.05.2021
7 908

O‘zbekistonga tegishli ikki qishloq Qozog‘iston hududiga o‘tdi


Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Turkiston viloyati hududiga o‘tkazildi.
«Turkiston viloyati chegaralaridagi umumiy maydoni 795,62 gektar bo‘lgan Bog‘is va Xiyobon aholi punktlari yerlarini qo‘shib, Turkiston viloyati chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qarorni bosh vazir Asqar Mamin imzolagan.

2021 yil aprelda Turkiston viloyat maslahati hukumatga tomonlarning kelishuvi bilan O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tgan yerlarni qo‘shib, mintaqa chegaralarini o‘zgartirish taklifini kiritgan.

Shunday qilib, Sariog‘ash viloyati chegarasi o‘zgartirildi. 750 gektar maydonga ega bo‘lgan O‘zbekiston hududidan Qozog‘iston hududiga o‘tkazilgan Bog‘is aholi punktining yerlari Oqjar qishloq okrugiga qo‘shib olinadi. 45,62 gektar maydonga ega Xiyobon qishlog‘ining yerlari Kurkeles qishloq okrugi chegaralariga kiritiladi.

Turkiston viloyatining turizm bo‘limi ilgari ushbu qishloqlar aslida avtonom bo‘lganligi, aholining o‘zlari qaysi davlatning fuqaroligini olishlarini bilmasliklarini tushuntirganlar. O‘zbekiston kelishuvga binoan ushbu yerlarni Qozog‘iston hududiga o‘tkazishga qaror qilindi. Qishloq aholisining bir qismida qozoq hujjatlari, bir qismi - o‘zbek hujjatlari bor. Xiyobon qishlog‘ining ko‘plab aholisi Toshkentda ishlaydi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga tegishli ikki qishloq Qozog‘iston hududiga o‘tdi