21:49 / 25.05.2021
2 506

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Jurnalistlar to‘yni to‘ydek qilib berishdi — endi qancha tanqid qilishsa roziman»


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 25 may, seshanba kuni «Toshkent Besh tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasida o‘tkazilgan uchrashuv so‘nggida festivalni yoritgan jurnalist va blogerlarga minnitdorchilik bildirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Ommaviy axborot vositalari vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. To‘yimizni buzishmadi, aksincha, to‘yni to‘ydek qilib berishdi. Sabrli bo‘lishganiga rahmat. Endi, festivaldan keyin, qancha tanqid qilishsa ham roziman. Shaxsiyatga tegmagan holda bemalol tanqid qilaveringlar, tanqidni ko‘taramiz. Barchangizga qo‘llab-quvvatlaganingiz, festivalni yoritib berganingiz uchun ming rahmat», — dedi hokim.

Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ortiqxo‘jayev mazkur festival ochilishi oldidan bu tadbirni yoshlar uchun to‘ydek qilib o‘tkazish kerakligini qayd etib, «OAV vakillari va blogerlarga iltimosim shuki, agar qayerdadir kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, saytlarda aylantirmay o‘zimizga aytishsa, zudlik bilan muammoni bartaraf qilamiz. Shuncha mehnatdan keyin ham faqat tanqidlar bo‘laversa, keyinchalik ham mana shunaqa tadbirlarni o‘tkazishga ishtiyoqimiz yo‘qolib qoladi», — degan edi.

Ma’lumot uchun, «Toshkent Besh tashabbus harakati» festivali doirasida 21 maydan 25 mayga qadar madaniy va intellektual tanlovlar, sport musobaqalari, mediatreninglar, mashhurlar bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Jurnalistlar to‘yni to‘ydek qilib berishdi — endi qancha tanqid qilishsa roziman»