22:20 / 25.05.2021
2 932

Shifokor yurakka zarar yetkazuvchi xavfdan ogohlantirdi


Foto: «Depositphotos / belchonock»
Omega-3 qo‘shimchalarini muntazam ravishda qabul qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi, deydi britaniyalik shifokor Kris Stil ITV telekanali efirida.

Express gazetasining yozishicha, tabiiy omega-3 kislotalari sog‘liqni saqlashda foydali xususiyatlarga ega: boshqa omillar qatori ular, aksincha, yurak xastaligi rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Materialda ta’kidlanishicha, ko‘pgina odamlar ushbu to‘yinmagan yog‘ kislotasiga boy oziq-ovqat mahsulotlarini har kuni iste’mol qilish o‘rniga qo‘shimchalardan foydalanishni afzal ko‘rishadi. Stilning so‘zlariga ko‘ra, bu organizmga zarar yetkazishi mumkin.

Mutaxassis organizm uchun zarur bo‘lgan vitamin va minerallarni sun’iy ravishda yaratilgan dori-darmonlardan emas, balki oziq-ovqatdan olishga chaqirdi. Masalan, omega-3 baliq tarkibida bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokor yurakka zarar yetkazuvchi xavfdan ogohlantirdi