08:00 / 26.05.2021
2 262

Ichish tavsiya qilinmaydi: Gazlangan ichimlikning bankasi o‘zidan ham zararliroq bo‘lishi mumkin


Foto: Cosmopolitan
Kaloriya, shakar va kislotaga boy ekani sabab nafaqat hazm balki yurak-qon tomirga ham zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan gazlangan ichimlikning bankasi ham salomatligingizda muammolar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

Bakteriyalar
2017 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda do‘kondan xarid qilinadigan gazlangan ichimlikning bankasi yuzasida salomatlikka zarar yetkazadigan bakteriyalar, xususan, ichak tayoqchasi bisyor ekani aniqlangan. Mazkur mikroorganizm diareya yoki respirator kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, patogen mikroorganizm hisoblanadigan  Enterobacter cloacae, Stenotrophomonas maltophilia, Pseudomonas luteola borligi ham aniqlangan. AQSHdagi shunday ichimliklardan birini xarid qilgan ayol leptospirizdan vafot etgan. Keyinroq tekshiruvlarda bankada mazkur kasallik tashuvchisi hisoblangan kalamush peshobi izlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Bisfenol A
Ushbu kimyoviy birikma ko‘plab plastik buyumlar, shu jumladan, suv solinadigan baklajkalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Olimlar bisfenol A idishdan suvga tushishi, bunday ichimlik qon bosimini oshishiga hissa qo‘shishini ma’lum qilgan. Koreyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotda qatnashgan ishtirokchilarning bir qismi alyumin bankadan, ikkinchi qismi esa shisha idishdan bir necha kun davomida suyuqlik ichgan. Natijaga ko‘ra alyumin bankadan foydalanganlarning peshobida bisfenol A 1600 foizga, sistolik qon bosimi esa 4,5 taga ko‘paygani aniqlangan. Sog‘lom odamga bu hech qanday ta’sir ko‘rsatmagani bilan yurak-qon tomir kasalligidan aziyat chekadiganlarning ahvolini og‘irlashtirishi mumkin.

Aluminiy
Banka tarkibidagi aluminiy ichimlikka kirib, saraton va asab kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aluminiy idishdan tanaga 1 foizdan ko‘p kira olmaydi, uning 99,9 foizi esa buyraklar orqali chiqarib yuboriladi. Bu oz miqdordagi aluminiy tanaga sezilarli darajada zarar yetkazmasligini bildiradi. Ammo shunga qaramay, ayniqsa, immuniteti past va yurak kasalligi bor kishilarga alyuminli bankalardan suyuqlik ichish tavsiya qilinmaydi. Gazlangan yoki shirin suvni ichishdan avval stakanga solish buning imkoni bo‘lmasa, naychalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Yo bo‘lmasa, zararli mikroorganizmlardan qutulish uchun banka yuzasini yaxshilab artib tashlash kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichish tavsiya qilinmaydi: Gazlangan ichimlikning bankasi o‘zidan ham zararliroq bo‘lishi mumkin