11:50 / 26.05.2021
1 055

O‘zbekistonda naqd pul muomalasi hajmi kamaymoqda. Bu nimadan dalolat beradi?

O‘zbekistonda naqd pul muomalasi hajmi kamaymoqda. Bu nimadan dalolat beradi?

Bank kassalari orqali naqd pul aylanmasining ortishi muomaladagi naqd pul miqdori ham oshishini bildirmaydi, deb xabar beradi Markaziy bank.

Bu pul-kredit statistikasida aylanma mablag‘ va muomalaga chiqarilgan naqd pullar miqdori turlicha bo‘lishi bilan izohlanadi.

Bu bank tizimi orqali pul aylanmasining ortishiga bog‘liq bo‘lib, u banklar rolining oshishini anglatishi mumkin.
2020 yilda naqd pullar 23,2 foizdan 28,4 foizgacha bo‘lgan. 2021 yilning 1 yanvarida muomaladagi naqd pullar hajmi 24,9 trillion so‘mni tashkil etib (umumiy pul massasining 23,2 foizi), 2020 yilning mos davriga nisbatan 674 milliard so‘mga ortgan.

Avgust oyida naqd pul muomalasi 30,9 trillion so‘mga qadar ortgan. Markaziy bank buni vaqtincha deb atab, uni karantin cheklovlari bilan izohlagan — odamlar birlamchi ehtiyojlarini qondirish uchun kartadan faol tarzda pul yechib ola boshlagan.

Foto: Markaziy bank
Bundan tashqari, kartadan pul yechib olish umumiy pul massasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki u depozitlar va muomaladagi naqd pullardan iborat.

Pul yechib olinganida, pul massasining faqat strukturasi o‘zgaradi, ya’ni muomalaga chiqarilgan naqd pullar miqdori oshgan bir paytda depozitlar hajmi kamayadi.

«Joriy yildan boshlab muomaladagi naqd pullar hajmida kamayish kuzatilmoqda. 1 may holatida ko‘ra, u 23,5 trillion so‘mni yoki umumiy pul massasining 22 foizini tashkil etgan», — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Odatda, iqtisodiyotning o‘sishi bilan muomaladagi naqd pul miqdori o‘sib boradi, chunki u iqtisodiyotdagi tovar ayirboshlash hajmiga xizmat qilishi kerak.

Shu bilan birga, bank xizmatlari, shu jumladan, naqd pulsiz hisob-kitoblar va tezkor to‘lov texnologiyalarining rivojlanishi va tarqatilishi, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda yashirin iqtisodiyotni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida muomaladagi naqd pullarning kamayishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda O‘zbekistondagi banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 60,1 trillion so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 25,4 foizga oshgan edi. Jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali 2020 yilda sotilgan chet el valyutasi miqdori 4,6 milliard dollarni tashkil etgan. Bu 2019 yildagi ko‘rsatkichga (3,8 milliard) qaraganda 21 foizga ko‘p.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda naqd pul muomalasi hajmi kamaymoqda. Bu nimadan dalolat beradi?