17:14 / 26.05.2021
846

Buxoroda mast fuqaro tanishining Spark avtomobilini olib qochdi

Buxoroda mast fuqaro tanishining Spark avtomobilini olib qochdi

Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda o‘zga fuqaroning Spark avtomashinasini olib qochdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayev ma’lum qildi.

Ta’kidlashicha, 19 may kuni soat 01:00 da «102»ga Jondor tumanida yashovchi fuqaro R.H. murojaat qilib, oq rangli Spark rusumli davlat raqami 80 M 686 GA bo‘lgan avtomobili o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.

Mazkur xabar asosida viloyat bo‘ylab «To‘sib ushlash» maxsus rejasi amalga oshirilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu avtomashina Jondor tumanidagi «Romish» mahallasi hududida yashovchi fuqaro B.R. xonadonidan topilgan.

Aniqlanishicha, B.R. avtomobilni spirtli ichimlik ichgan holda olib qochgan. Holat yuzasidan Jondor tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda mast fuqaro tanishining Spark avtomobilini olib qochdi