18:39 / 26.05.2021
818

Hujjatlarda qayd etilmagan 313 mln. so‘mlik tovarlar aniqlandi

Hujjatlarda qayd etilmagan 313 mln. so‘mlik tovarlar aniqlandi

Bojxona organlari tomonidan mamlakatimizga tovar-moddiy boyliklarni bojxona nazoratidan yashirib, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab noqonuniy olib kirilishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Qo‘qon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan olib kelingan yuk avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan moy filtrlari tovarlarini vaqtincha saqlash bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, mazkur yuklar hujjatlar bilan solishtirilganida, umumiy qiymati 313,6 million so‘mlik 7840 dona yuk avtotransport vositalarining moy filtri tovarlari hujjatlarda kamaytirib ko‘rsatilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Hujjatlarda qayd etilmagan 313 mln. so‘mlik tovarlar aniqlandi