13:55 / 27.05.2021
1 567

Kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari to‘xtatib qolindi


Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini yurtimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, qo‘shni mamlakatdan “Yallama” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro K.D. boshqaruvidagi “Mersedes benz actros” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan, yuk kuzatuv hujjatlari va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 10 xil turdagi, jami 993 dona psixotrop va boshqa turdagi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari to‘xtatib qolindi