14:20 / 27.05.2021
3 607

Qing‘ir ishning qiyig‘i chiqdi


Respublikamiz bojxonachilari tomonidan bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
 
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tovar va transport vositalarini TIF TN kod raqamini noto‘g‘ri tasniflash orqali bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochish holatlarini aniqlash yuzasidan tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, bo‘lim xodimlari tomonidan “Ark-buloq” TIF bojxona postiga xorijdan keltirilgan, “mini qulflar” tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, mazkur tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodlari noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 202 mln. 400 ming so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Boshqa bir holatda esa, “Toshkent-tovar” TIF bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan chet elda ishlab chiqarilgan, og‘irligi 6,8 tonna bo‘lgan, 628 rulon oqlanib yelim bilan qoplangan mato tovarini “kraxmallangan” tekstil matosi (tarlatan) sifatida noto‘g‘ri TIF TN kodi bilan tasniflanganlik holati aniqlangan.

Natijada, mazkur tovarlarga nisbatan 13,3 mln. so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qing‘ir ishning qiyig‘i chiqdi