17:07 / 27.05.2021
2 185

Ra’no Shodiyeva: «Uylanish arafasidagi yigitlarimizni oilaga tayyorlaydigan maktablar ochish kerak»


Jamoatchilik faoli, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva «Daryo»ga bergan intervyusida ayollarga nisbatan bo‘layotgan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari haqida so‘z yuritib, oila qurish ostonasidagi o‘g‘il bolalar uchun ham o‘quv markazlari ochish kerakligini ta’kidladi.

«Xotin-qizlarning zo‘ravonlikka uchrashini ham ayol, ham fuqaro sifatida, albatta, qoralayman va bunga munosabatim salbiy. Bilasizmi, biz bu muammoni ustidan ko‘rib chiqyapmiz, xolos. Aslida, sabablarini chuqur o‘rganib, tagiga yetishimiz kerak. Oilaning poydevori mustahkam bo‘lmasa, bu oila ozgina zilzila bo‘lsa ham, buzilib ketadi.

To‘g‘ri, bugungi kunda davlat tomonidan ayollarga ko‘p e’tibor berilmoqda, imkoniyatlar yaratilyapti. Qaynana-kelin maktablari, qizlarimizning o‘z ustida ishlashi, bilim olishi, hunar o‘rganishi, oilaga tayyorlanishi uchun turli o‘quv markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mening nazarimda, avvalo, oila qurish arafasidagi yigitlarimizni katta hayotga tayyorlashimiz, ular uchun ham maktablar ochishimiz lozim. O‘g‘il bolalarga o‘smirlik davrida o‘zini tutishi, oila nima ekanligi, bo‘lajak jufti haloli kim, erlik va otalik vazifalari qandayligi o‘rgatilib, muqaddas qo‘rg‘onini himoya qilish bo‘yicha zarur maslahatlar berilsa, buning uchun master-klasslar tashkil etilsa, zo‘ravonlik holatlari, ajrimlar ancha kamayadi, deb o‘ylayman», — dedi Shodiyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ra’no Shodiyeva: «Uylanish arafasidagi yigitlarimizni oilaga tayyorlaydigan maktablar ochish kerak»