09:00 / 28.05.2021
2 105

61 yoshli erkakning behayo suratlarini internetda tarqatmaslik uchun 2 mln so‘m so‘ragan «ayol» ushlandi


Namanganda ijtimoiy tarmoqlarning birida ayol nomidan akkaunt ochib, 61 yoshli erkakdan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 61 yoshli fuqaro Sh.Z. IIBga 19 may kuni «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i orqali «Feruza Qo‘chqorova» nomli profil egasi undan pul talab qilayotganini ma’lum qiladi.

Aniqlanishicha, u «Feruza» bilan o‘zaro SMS-xabar va behayo suratlarini almashgan. Keyinroq «Feruza Qo‘chqorova» uning suratlarini tarqatmaslik uchun 2 million so‘m talab qilgan.

22 may kuni Namangan shahri «Chorsu» mahallasida «Q.» ismli shaxs Sh.Z.dan so‘ralgan pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olganida ushlangan. «Feruza Qo‘chqorova» profil egasi 47 yoshli fuqaro A.Q.ning o‘zi bo‘lib chiqqan.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 61 yoshli erkakning behayo suratlarini internetda tarqatmaslik uchun 2 mln so‘m so‘ragan «ayol» ushlandi