13:00 / 28.05.2021
2 261

Sirdaryoda qarovsiz va ta’minotsiz qolgan ota ikki o‘g‘lini sudga berdi


Boyovut tumanida qarovsiz va ta’minotsiz qolgan ota ikki nafar farzandi ustidan shikoyat bilan sudga murojaat qildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 2019 yil 25 iyundagi qarzdorlar – aka-uka B.B. va O‘.B.ning har biridan undiruvchi Y.B.ning foydasiga har oyda, har biridan qat’iy summada – 120 ming so‘mdan (nafaqa) aliment puli undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2019 yilning 4 iyulida Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

«Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunining 23-moddasiga ko‘ra, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorlar tanishtirilgan. Davlat ijrochisi tomonidan 2020 yil 5 yanvarda qarzdorlarning O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Ijro harakatlari davomida 2021 yilning 7 may kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudi va MIBning Boyovut tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda ota-bolalar, ya’ni undiruvchi Y.B. qarzdor farzandlar – aka-uka B.B. va O‘.B.ni yarashtirilib, sudning 2021 yil 7 maydagi ajrimi bilan ijro ishi tugatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda qarovsiz va ta’minotsiz qolgan ota ikki o‘g‘lini sudga berdi