18:38 / 28.05.2021
2 042

Transport vositasini mast holda boshqargan fuqarodan 7,3 mln. so‘m jarima undirildi


Majburiy ijro byurosining ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 02.04.2021 yildagi qaroriga asosan qarzdor D.X. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 2-qismi, 1351-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, undan davlat foydasiga 7.350.000 so‘m jarima undirish haqidagi ijro ishi mavjud edi.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi S.Axmedov ish yurituviga berilgan bo‘lib, ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ijro hujjati yuzasidan barcha huquq majburiyati tushuntirilib, ihtiyoriy 15 kunlik muddat berilgan. Qarzdor tomonidan taqdim qilingan to‘lov pattaga asosan davlat foydasiga 7.350.000 so‘m jarima to‘liq undirilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, ijro ishi yurituvi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Transport vositasini mast holda boshqargan fuqarodan 7,3 mln. so‘m jarima undirildi