23:06 / 28.05.2021
2 559

Tojikiston fuqarosi chamadonidan «GASHISH» chiqdi


2021 yil 24 may kuni soat 22:00 larda Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan «Erkin» YPX maskanida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 43 yoshli K.U.ning boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, tekshirilganda, avtomashina yukxona qismidan yo‘lovchi 49 yoshli Tojikiston Respublikasi fuqarosi X.A.ning chamadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, polietilen paket bo‘lagiga o‘ralgan va ikki dona yelim idishlarga joylangan o‘tkir hidli moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida X.A.dan olingan sof og‘irligi jami 8.79 grammga teng «GASHISH» giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.A.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston fuqarosi chamadonidan «GASHISH» chiqdi