17:23 / 29.05.2021
4 310

Ekspertiza Andijondagi 5 oylik kelin zo‘rlanmaganini ko‘rsatdi. Ayolning o‘zi ham buni tan olgan


Foto: Videodan kadr
Andijonda besh nafar erkak dala shiyponida 18 yoshli kelinni zo‘rlagani, kelinning yaqinlari qonunbuzarlarga chora ko‘rishni so‘rayotgani haqida xabar berilgandi. 25 may kuni viloyat prokuraturasi jabrlanuvchi hamda gumon qilingan shaxslarning barchasi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilib, olingan ashyolar bo‘yicha sudga oid biologiya, sudga oid kriminalistika va sudga oid mikrotola ekspertizalari tayinlanganini ma’lum qilgan.

IIV axborot xizmatining yozishicha, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchining badanida zo‘rlik alomatlari bilan bog‘liq tan jarohatlari mavjud emasligi, 13-14 haftalik homilador ekanligi va homilasi rivojlanayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, sudga oid tolali materiallarni kriminalistik tekshirish ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi O.O.ning kiyimlarida gumondorlarning kiyimlariga tegishli tolalar mavjud emasligi aniqlangan.

Jabrlanuvchi O.O. yaqin qarindoshlari va himoyachisi ishtirokida so‘roq qilinganida uni hech kim zo‘rlab nomusiga tegmaganini, ayrim shaxslar (qonunchilik talablariga asosan shaxs haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi) moddiy manfaatdor bo‘lish evaziga uni zo‘rlab nomusiga teggani haqida ariza va ko‘rsatma berishga majbur qilgani, agarda ushbu ko‘rsatmani bermasa, turmush o‘rtog‘i bilan birga yashattirmasdan, ajratib yuborishini aytgani sababli, ilojsizlikdan yolg‘on ko‘rsatma berganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, ishga aloqador bo‘lgan va guvoh tariqasida so‘roq qilingan shaxslar hodisa kuni jabrlanuvchi O.O.ga tegishli bo‘lgan shiypon atrofida begona erkaklarni ko‘rmaganini hamda dala shiyponidan ayol kishining yordam so‘rab baqirgan ovozi eshitilmaganini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida jabrlanuvchi O.O. ma’lum qilgan besh nafar shaxs voqea sodir bo‘lgan kuni hodisa joyida, ya’ni jabrlanuvchi O.O.ga tegishli bo‘lgan dala shiyponida umuman bo‘lmagani aniqlangan.

Tergov harakatlari davomida to‘plangan inkor qilib bo‘lmas dalillarga asosan fuqaro O.O.ning zo‘rlanganligi to‘g‘risidagi vajlari o‘z tasdig‘ini topmagani sababli jinoyat ishining gumon qilinuvchilarga tegishli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga (jinoiy hodisa yuz bermagan yoki shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa) asosan tugatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Hozirda fuqaro O.O. va boshqalarning tuhmat qilgani holatiga huquqiy baho berish maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

«Shu o‘rinda, fuqarolardan hamda blogerlardan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmasliklarini, tergov harakatlariga aralashmasliklarini, har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini hamda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatib o‘tamiz», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, kelgusida tergov harakatlari natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekspertiza Andijondagi 5 oylik kelin zo‘rlanmaganini ko‘rsatdi. Ayolning o‘zi ham buni tan olgan