10:58 / 30.05.2021
1 804

Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida «KamAZ» yuk mashinasi Isuzu bilan to‘qnashib ketdi


Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
29 may kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1060-kilometrida «KamAZ» va Isuzu ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent—Samarqand»yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «KamAZ-35320» rusumli avtomobil haydovchisi uxlab qolishi natijasida rul boshqaruvini yo‘qotib, old tomonda harakatlanib ketayotgan Isuzu’ning orqa chap tomoniga kelib urilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Hodisa oqibatida avtotransport vositalariga shikast yetgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida «KamAZ» yuk mashinasi Isuzu bilan to‘qnashib ketdi