22:11 / 30.05.2021
2 033

Shavkat Mirziyoyev «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik — 2030» xalqaro sammitida ishtirok etdi


Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tayotgan «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030» ikkinchi xalqaro sammiti ishida ishtirok etdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki kunlik forum kun tartibidan iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yengib o‘tish, «yashil» tiklanish va uglerod neytralligini ta’minlash, shuningdek, BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va Iqlim bo‘yicha Parij bitimi qoidalarini bajarish masalalari o‘rin olgan.

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida Orol dengizi halokatining global oqibatlarini yengib o‘tish bu boradagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan u yaqinda O‘zbekiston tashabbusi bilan Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish bo‘yicha qabul qilingan BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi to‘liq qo‘llab-quvvatlangani uchun barcha xalqaro hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.

Prezident mazkur yo‘nalishdagi ishlarni, shu jumladan, maxsus tashkil etilgan BMT Trast jamg‘armasi, Yashil o‘sish global instituti, «P4G» sheriklik platformasi va boshqa xalqaro institutlar doirasida birgalikda faol davom ettirishni taklif etdi.

Davlat rahbari «yashil» va barqaror taraqqiyotga xizmat qiladigan samarali qarorlar qabul qilish uchun butun xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Orol dengizi halokatining global oqibatlarini yengib o‘tish bu boradagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shu munosabat bilan Prezidenti yaqinda O‘zbekiston tashabbusi bilan Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish bo‘yicha qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi to‘liq qo‘llab-quvvatlangani uchun barcha xalqaro hamkorlarga minnatdorlik bildirdi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni, shu jumladan maxsus tashkil etilgan BMT Trast jamg‘armasi, Yashil o‘sish global instituti, «P4G» sheriklik platformasi va boshqa xalqaro institutlar doirasida birgalikda faol davom ettirish taklif etildi.

Davlat rahbari mintaqada iqlim o‘zgarishlari, bug‘lanish darajasini oshiruvchi gazlar va atmosfera ifloslanishi muammolari ta’sirida transchegaraviy daryolar oqimi va biologik xilma-xillik qisqarayotgani munosabati bilan jiddiy xavotir bildirdi.
O‘zbekiston Parij bitimi doirasida 2030 yilga qadar issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga sodiq ekanini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan «yashil» texnologiyalarni keng joriy qilish va «yashil» energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish O‘zbekistonda yaqin o‘n yilda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 3 barobardan ziyodga ko‘paytirish imkonini berishini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda O‘zbekistonda «Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yashil energetika» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish, shuningdek, «yashil» iste’mol madaniyatini shakllantirish maqsadida «yashil iqtisodiyot»ni barpo etishga yoshlarni jalb etish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi.

Prezident ushbu muhim sohada amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston «P4G» sherikligiga qo‘shilish hamda uning to‘laqonli ishtirokchisiga aylanishga tayyor ekanini bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Sammitda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, Yevropa kengashi raisi Sharl Mishelva Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Pokiston bosh vaziri Imron Xon, XXR davlat kengashi bosh vaziri Li Kesyan, AQSH prezidentining iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jon Kerri, XVF boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Yashil o‘sish global instituti raisi Pan Gi Mun va IHTT bosh kotibi Anxel Gurriya qatnashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik — 2030» xalqaro sammitida ishtirok etdi