17:37 / 02.06.2021
3 031

Gidrometeorologiya xizmati: Issiq ob-havo yanada kuchayishi kutilyapti


3-7 iyunda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, O‘zbekiston hududida issiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda. 
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 7-10° ga yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46° gacha isiydi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gidrometeorologiya xizmati: Issiq ob-havo yanada kuchayishi kutilyapti