19:35 / 02.06.2021
2 612

To‘rtta toifa koronavirusdan emlanuvchilar ro‘yxatiga kiritildi


Koronavirusga qarshi emlanadiganlar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra:
- Chet elga o‘qishga boradigan talabalar;
- Ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar);
- Yozuvchilar-shoirlar;
- MTRK xodimlari ham emlash jarayonlariga jalb etilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va bu bo‘yicha tegishli ro‘yxatlar shakllantirilmoqda.

Shu paytga qadar 65 yoshdan yuqori insonlar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabagacha ta’lim muassasasi xodimlari hamda surunkali hastaliklar kuzatiladigan fuqarolar koronavirusga qarshi emlash jarayonlarida ishtirok etayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘rtta toifa koronavirusdan emlanuvchilar ro‘yxatiga kiritildi