23:00 / 03.06.2021
1 870

Bojxonachilar qalbaki 10 000 AQSH dollarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi


Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Istambul–Olma-ota–Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan yo‘lovchilardan biri fuqaro K.U.ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.

Natijada, yuk sumkalaridagi sochiqlar orasida 5000 AQSH dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutalar borligi aniqlandi.

Ammo, mazkur valyutalarning haqiqiyligi bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida kupyuralarning barchasi qalbaki bo‘lib chiqdi. Eng qizig‘i shundaki, kupyuralarning aksariyatida seriya raqamlari ham bir xil edi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, valyutalarni qabul qilmoqchi bo‘lgan shaxsning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, avtomashinada yana soxta 5000 AQSH dollari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar qalbaki 10 000 AQSH dollarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi