23:23 / 03.06.2021
2 657

Bolaning xulq-atvorida e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 6 ta belgi


Foto: «Domashniy ochag»
Maktab o‘quvchilarining deyarli 10 foizida nisbatan yengil nuqsondan tortib, sezilarli muammolarga qadar turli xil ruhiy kasalliklar mavjud. Bu har bir sinfda, taxminan, uch kishida kuzatilishi mumkin. Ba’zan bu vaqt o‘tishi bilan o‘tadigan yoshga bog‘liq xususiyatdir. Ammo gohida bularga e’tibor berishga arziydigan qo‘rqinchli «signal» ham bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

E’tibor qilish kerak bo‘lgan belgilar:
Kayfiyatning o‘zgarishi

Bolalarning injiqliklari umuman normal, ular kundan kunga o‘zgarib turadi. Ammo agar bola doimo yomon kayfiyatda yoki xavotirda bo‘lsa, uzoq vaqtdan beri biror-bir narsadan qo‘rqqan bo‘lsa, buni aniqlash uchun lozim. Ba’zan sabab uning maktab muhitida bo‘ladi va buni hal qilish mumkin.

Uyquning buzilishi
Bolalar va o‘spirinlarda yoshga bog‘liq o‘zgarishlar tufayli uyqu muammolari tez-tez uchraydi. Biroq uzoq vaqt uyqusizlik boshqa belgilar bilan birgalikda ogohlantirishini ham unutmaslik zarur.

Diqqatni jamlay olmaslik
Quyi sinflarda boladan qat’iyat talab qilishning iloji yo‘q. Ammo agar u qisqa vaqt ichida va qulay sharoitda, hatto uyda bo‘lsa ham, vazifalariga diqqatini jamlay olmasa, bunga e’tibor berish kerak. Aytgancha, bu yerda jazo va tanbeh berishlar umuman foydasiz.

Ishtahaning yo‘qolishi
To‘satdan vazn yo‘qotish yoki vazn ortishi ovqatlanish buzilishini ko‘rsatishi mumkin. Har bir jarayonning aniqlanishiga sabablar bor. Maktab oshxonasidagi ta’msiz ovqatdan tortib, ishtahaga katta ta’sir qiladigan stress ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Inson o‘ziga zarar yetkazishni xohlashi
O‘zini chimchilash, tirnoqlarini tishlash, lablarni tishlash ham o‘ziga zarar yetkazishdir. Bolada ushbu asabiy xatti-harakatni keltirib chiqaradigan sababni topish kerak.

Zararli moddalar qabul qilish
Bu kichik bolalarga qaraganda ko‘proq o‘spirinlar haqida, ammo istisnolar mavjud. Eksperimentlar o‘sishning bir qismi bo‘lishi mumkin, ammo ushbu zararli odatlarning barchasi har doim yonma-yon yuradi. Agar o‘spirin giyohvand moddalarni iste’mol qilmasa ham uning spirtli ichimliklar, chekish va giyohvand moddalarga bo‘lgan munosabatlariga e’tibor berish lozim.

Qanday yo‘l tutish kerak?
  • Bola bilan ochiq, do‘stona va hamdardlik bilan gaplashish lozim. Bolaning gapini to‘xtatmasdan va bahslashmasdan tinglash tavsiya etiladi. Unga hech qanday tarzda uning muammolari kichikligini tushuntirishning keragi yo‘q. Bu ular uchun juda katta.
  • Bolaning muammolariga ota-ona birgalikda yechim topishi zarur. Ha, balki boshqa maktabga o‘tish muammo bo‘lishi mumkin. Maktab bezorilari bilan duch kelish yoki  o‘qituvchilar bilan tanishish juda katta vazifa bo‘lib tuyuladi. Ammo bu borada farzandning ota-onasidan boshqa murojaat qiladigan odami bo‘lmaydi.
  • U bilan kelishgan narsangizni bajarishgan harakat qilish lozim.
  • Agar shundan keyin ham bolaning ahvoli yaxshilanmasa, mutaxassislardan yordam so‘rash zarur.
  • Agar bolada uni tashvishga solayotgan narsani bartaraf etish qiyin bo‘lsa, mutaxassis bilan bog‘lanish kerak.
  • Har qanday holatda do‘stlar tavsiya qilgan dorilarni ishlatmaslik lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolaning xulq-atvorida e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 6 ta belgi