00:00 / 05.06.2021
2 338

Sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar fosh etildi


Bojxona organlari tomonidan tibbiyot vositalari hamda dori-darmonlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Yaqinda, DBQ Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari hamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan, Toshkent shahar Bektemir tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
 
Tezkor tadbir davomida, fuqaro B.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtoulov yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati qariyb 177 million so‘mlik 791 dona “Lishou 36 kapsula” nomli biologik faol qo‘shimchalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar fosh etildi