09:00 / 05.06.2021
2 304

Samarqandda ayol trotuar chekkasidagi gultuvakni tepib, ag‘darib ketdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida ko‘chada ketayotgan ayolning yo‘l bo‘yidagi gultuvakni tepib, ag‘dargani keng tanqidlarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, ushbu holat Samarqand shahrida yashovchi 42 yoshli G.M. tomonidan sodir etilgan. Surishtiruvda uning viloyat Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanserda ro‘yxatda turishi, oldin ham kasalligi tufayli bir necha marotaba davolanib chiqqanligi aniqlandi.

«Ayni damda fuqaroni davolanish uchun Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanserga yuborish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ayol trotuar chekkasidagi gultuvakni tepib, ag‘darib ketdi (video)