13:38 / 05.06.2021
2 591

Yordamga cho‘zilgan qo‘lni «qayirishdi»


2021 yil 31 may kunidan 1 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda bir guruh shaxslar o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishni ko‘zlashdi. Ular Toshkent shahri Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida piyodalar yo‘lagida ketayotgan 19 yoshli M.E.ni to‘xtatib, undan yo‘l haqi uchun pul berib turishini so‘rashgan. M.E. ularga pul bermoqchi bo‘lib, cho‘ntagidan pullarni chiqarganida qo‘lidagi 315.000 so‘m miqdoridagi pullarini tortib olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan 23 yoshli T.J. (erkak), 19 yoshli T.D. (erkak) va 26 yoshli M.D.lar (erkak) ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ta’kidlashicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yordamga cho‘zilgan qo‘lni «qayirishdi»