15:30 / 05.06.2021
2 936

Xonanda Sanjay xayrli tashabbus bilan chiqdi


Kundalik hayotda ibodatlarimizning tozalikka asoslangan bo‘lishi shariatimizda farz qilingan amallardan hisoblanadi. Bunda avvalo tanamiz, namoz o‘qiydigan joyimiz va kiyimlarimiz toza bo‘lishi shart qilingan. Ushbu tozalik shartlari mukammal bajarilsa, ko‘nglimiz xotirjam bo‘ladi, ibodatni osoyishta ado etamiz, ruhiy sakinat topamiz.

Ibodatlarimiz mukammal bo‘lishi uchun nafaqat tanamiz, balki ibodat joyimiz ham toza bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan. Dinimizda buyurilgan tozalikka amal qilish qanday yaxshi...

Biroq yurtimiz ko‘chalaridagi ko‘ngilni xira qiladigan ayrim holatlar borligi, ba’zi joylarda chiqindilar yig‘ilib qolayotgani to‘g‘risida avval yozgan edik.

E’tiborsizlik natijasida ko‘chalarimizda paydo bo‘lgan bunday noxush manzaralarni bartaraf etish maqsadida ushbu haftaning oxirida yurtimiz poytaxti Toshkentda xayriya hashari o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sanjay taxallusi bilan tanilgan Sanjar Javberdiyev poytaxt ko‘chalaridagi noxush holatlarni bartaraf etish maqsadida yakshanba kuni xashar uyushtirmoqchi ekanini e’lon qilib:
"Yurtimiz uchun jon kuydiradigan yoshlarimizga meni murojaatim, men yakshanba kuni Ko‘kchadan Xalqlar do‘stligigacha bo‘lgan yo‘lda xayriya hashari qilmoqchiman. Ushbu hayrli ishda men bilan qatnashmoqchi bo‘lganlar birgalikda tonggi salqin payti soat 6:00 da Ko‘kcha masjidi yonida ko‘rishamiz. Tozalov ishlariga kerak bo‘ladigan anjomlar - supurgi, bel kurak, xaskash, chiqindi idish kabilar sizda bo‘lsa olib kelishingizni so‘rayman", - degan.

Sanjar Javberdiyev boshchiligida tashkil etilayotgan ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimizni yakshanba kuni soat tongi 6:00 da "Ko‘kcha" masjidi yonida kutib qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Sanjay xayrli tashabbus bilan chiqdi