16:05 / 05.06.2021
2 638

Nasroniyni musulmonga aylantirgan salom


Bu voqeani Mahmud As’ad Jo‘shon hazratlari o‘z asarlarida keltiradilar:
Germaniyadagi oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi korxonada bir turk yigiti ishlar edi. Haj mavsumi yaqinlashganida yigit korxona xo‘jayiniga anchadan beri niyat qilgani – hajni ado etish istagi borligini aytib, ruxsat so‘radi. Korxona xo‘jayini Xans nasroniy edi. Xizmatchisining so‘zlarini eshitib:

– Bilasan, hozir mahsulotimiz sotuv ishlarining ayni mavsumi. Mavsum tugasin, boraverasan. Ka’ba ketib qolmaydiku?!
Xizmatchi yigit haj faqat belgilangan kunlardagina ado etilishini, boshqa paytlardagi ibodat haj bo‘lmasligini bir amallab tushuntirgach, xo‘jayini:

– Mayli faqat bir shart bilan ruxsat beraman. Payg‘ambaringizning qabri oldiga borganda mening ham salomimni yetkazasan, – dedi.
Xodim xursand bo‘lib muborak safarga otlandi-yu, faqat musulmon bo‘lmagan rahbarining salomini Rasululloh solallohu alayhi vasallamga qanday yetkazishini o‘ylab qoldi. Madinai munavvaraga yetib kelib, Ravzai muborakka kirdi. Sarvari olam sollallohu alayhi vasallamga salovotlar aytib, salom berdi. So‘ngra omonat qoldirgan yaqinlarining salomlarini birma-bir yo‘lladi.

Yakunda g‘ayridin rahbarining salomini eslab, og‘ir ahvolda qoldi: “Rasulullohga qanday yetkazaman, axir u musulmon bo‘lmasa….”   Ming istihola ichra hujrai saodatga boqib, aybdorlardek shivirladi: “Yo Rasululloh! Sizga bir Xans ismli kishi ham salom yo‘lladi. Faqat u musulmon emas, nasroniy bir kishi…”

So‘ngra ibodatlarga kirishib, hajni ado etdi. Istanbul orqali Germaniyaga qaytarkan, hamkasblarini uchratib qoldi.
– Yangilikni eshitdingmi? deya so‘rashdi undan.
– Yo‘q. Qanday yangilik?
– Xans musulmon bo‘ldi….

Yigit dong qotib qoldi. Islomga kirgan vaqtini so‘rab surishtirsa ayni salomini Faxri koinot alayhissalomga yetkazgan kuni edi.
Subhanalloh. Bir g‘ayridin kishining Rasulullohga ehtiromi sabab Alloh uni hidoyat bilan, dunyodagi eng ulug‘ ne’mat — iymon ne’mati bilan mukofotlab qo‘ysa…

Manba: Xutba.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nasroniyni musulmonga aylantirgan salom