10:00 / 06.06.2021
2 037

Navoiydan Toshkentga keltirilayotgan 3 tonnaga yaqin yaroqsiz go‘sht aniqlandi


4 iyundan 5 iyun kuniga o‘tar kechasi Navoiy viloyatida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan  O.A. boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli avtotransport vositasi Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirilgan.

Natijada avtomobil yukxonasida 160 kg. kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yirik shohli qoramol go‘shti, 200 dona yirik shohli qoramolning kallalari hamda 12 ta qopda 1.500 kg. bo‘lgan tovuq go‘shtlari jami 3 tonnaga yaqin mahsulotlarni olib ketayotganligi aniqlangan.

Ushbu olib ketilayotgan mahsulotlarning sifatiga aniqlik kiritish maqsadida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda mas’ul xodimlar tomonidan tekshirilganda, fuqaro ushbu go‘sht mahsulotlarini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tushuntirish ishlari olib borilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiydan Toshkentga keltirilayotgan 3 tonnaga yaqin yaroqsiz go‘sht aniqlandi