12:52 / 07.06.2021
2 302

Yuridik universitet uchun «o‘n ming»: yana bir korrrupsion ish fosh etildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro M.O. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuridik universitet uchun «o‘n ming»: yana bir korrrupsion ish fosh etildi