13:20 / 07.06.2021
2 771

Toshkentda ayol eriga tegishli Spark’ning oynalarini sindirib tashladi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda ayol qo‘lidagi tayoq bilan Spark’ning oynalarini sindirib, uyatli so‘zlar bilan so‘kingani aks etgan video tarqaldi. UzNews nashrining yozishicha, mazkur holat poytaxtning Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan.

Tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, ayol Spark avtomobilning barcha oynalarini sindirib tashlagan va kimgadir baqirib, so‘kingan: «Urganing uchun chiriysan hali...».

Aniqlanishicha, Yangihayot tumani 5-A dahasida sodir bo‘lgan holat oilaviy nizo tufayli kelib chiqqan. Sh.Ortiqova eri B.Ortiqovning Spark’ini jahl ustida sindirib, zarar yetkazgan.
Hozirda Sh.Ortiqovaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ayol eriga tegishli Spark’ning oynalarini sindirib tashladi (video)