16:13 / 07.06.2021
2 131

«Olx.uz»da soxta «IPhone 11 Pro»ni haqiqiy deb pullagan shaxsga ish qo‘zg‘atildi


IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Internet monitoringi davomida «olx.uz» e’lonlar veb-sayti orqali boshqa shaxslardan arzon narxlarda qimmatbaho telefonlarning qalbaki dublikatini sotib olib, boshqa xaridorlarga olingan telefon qurilmasini haqiqiy ekanligini aytib, aldab sotilganligi bilan bog‘liq holat aniqlangan.

Xususan, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi, 2002 y.t., fuqaro H.R. 2021 yil 19 yanvar kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan «Abu-Saxiy» bozori yonida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi, 1987 y.t., M.A.ga  «IPhone 11 Pro MAX» telefonini asl nusxasiligini aytib, undan 670 AQSH dollari va 900.000 so‘m miqdoridagi pullarini olib, soxta qo‘l telefonini berganligi aniqlandi.

Natijada, 04.06.2021 yilda Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro H.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi hujjatlari Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi TBga dastlabki tergov harakatlarini davom ettirish maqsadida yuborilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Olx.uz»da soxta «IPhone 11 Pro»ni haqiqiy deb pullagan shaxsga ish qo‘zg‘atildi