21:11 / 07.06.2021
1 903

12 790 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Bojxona organlari tomonidan mamlakatimizga maxsus aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma’lumotlar asosida Farg‘ona tumanida tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishga qaratilgan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro M.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadon hovlisida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va maxsus aksiz markalari bilan markalanmagan, dastlabki qiymati 143,6 million so‘mlik 2 turdagi 12 790 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 12 790 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi