23:30 / 07.06.2021
2 059

157 tup giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotgan qonunbuzar fosh etildi


Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida, Kitob tumani istiqomat qiluvchi fuqaro Yo.Q.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, xonadon hovlisining tomorqasida 7 tup nasha o‘simligi va 143 tup ko‘knor o‘simliklarini qonunga zid ravishda parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

Yana bir holatda, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro T.G.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, xonadonning yashash xonalarida hufyona tarzda maxsus yog‘och qutilardan tayyorlangan idishlarda 7 tup giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotganlik holati aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 157 tup giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotgan qonunbuzar fosh etildi