19:23 / 11.06.2021
2 037

COVID-19dan keyin kimlarda eshitish qobiliyati pasayishi mumkin?


Foto: pixabay.com
COVID-19 bilan bog‘liq eshitish qobiliyati pasayishi surunkali quloq kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ko‘proq kuzatiladi. Bu haqda rossiyalik terapevt Nadejda Chernishova «Moskva 24» kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bunday surunkali kasalliklarga o‘rta otit va adenoidlar kiradi. Chernishovaning fikricha, dastlabki yetti kun quloqlarni davolashdan hech qanday ma’no yo‘q, chunki baribir shish paydo bo‘ladi. Agar 7-10-kunlari quloq bitishi saqlanib qolsa va eshitish qobiliyati yomonlashsa, u holda tegishli muolajani tayinlash uchun mutaxassisga murojaat qilish kerak.

Eshitish qobiliyati haqida gap ketganda, ikki xil bo‘limni nazarda tutamiz: tovush o‘tkazuvchi va tovush qabul qiluvchi. Agar bu tovush o‘tkazuvchi bo‘lsa — shish, tubo-otit bo‘lsa — vaqtinchalik hodisa. Kasallikka moyil odamlarda har qanday o‘tkir nafas yo‘llari kasalliklari eshitish qobiliyatining vaqtincha yomonlashishiga olib keladi, keyinchalik davolanadi, deya izohladi shifokor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » COVID-19dan keyin kimlarda eshitish qobiliyati pasayishi mumkin?