19:57 / 11.06.2021
1 957

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon hamrohligida “Vaxdati millat” bog‘iga tashrif buyurdi


Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon So‘g‘d viloyati G‘afurov tumanidagi “Vaxdati millat” bog‘iga tashrif buyurdi.

So‘g‘d viloyati Sirdaryo bo‘yida joylashgan bo‘lib, dehqonchilik uchun juda qulay. Bu yerda meva-sabzavotchilik rivojlangan. Tojikistonda yetishtiriladigan jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qariyb 43 foizi So‘g‘d viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Vaxdati millat” bog‘i 2008-yilda tashkil etilgan. Uning maydoni 700 gektar bo‘lib, shundan 500 gektarida mevali daraxtlar o‘tqazilgan. Bog‘ hududida qariyb 300 tonna sig‘imli sovitish ombori ham bor.

Foto: Prezident matbuot xizmati
2018-yildan boshlab bu yerda baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda to‘rtta havzada oq amur, xumbosh va zog‘ora kabi baliq turlari yetishtirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida bu borada ko‘plab shartnomalar imzolangan. Shavkat Mirziyoyevning bu galgi tashrifi chog‘ida ham qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlar bog‘da tashkil etilgan Tojikiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Meva-sabzavotlarni o‘zaro yetkazib berish, saqlash va eksport qilish bo‘yicha soha mutasaddilariga ko‘rsatmalar berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi yakunlandi. Xo‘jand xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kuzatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon hamrohligida “Vaxdati millat” bog‘iga tashrif buyurdi