21:22 / 11.06.2021
1 882

Xonanda Jasur Umirov qamoqxonada jazo muddatini o‘tayotgan vaqtda uylangani ma’lum bo‘ldi

Xonanda Jasur Umirov qamoqxonada jazo muddatini o‘tayotgan vaqtda uylangani ma’lum bo‘ldi

Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, 5 yilga qamalgan xonanda Jasur Umirov ozodlikka chiqqani haqida xabar berilgandi. Kuni kecha xonanda Shahzoda Mo‘minova bilan oila qurgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Zamon.uz» Telegram kanali xabar berdi.

Foto: «Zamon.uz»
Xabar berilishicha, to‘y marosimi Jasur Umirov qamoqxonada jazo muddatini o‘tayotgan vaqtda bo‘lib o‘tgan. Shahzoda Mo‘minova kelinlik liboslarini kiyib, marosimda yig‘ilganlarga kelinsalom qilgan.
Ayni vaqtda Jasur Umirov Shahzoda Mo‘minova bilan birga yashayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 2 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Jasur Umirov qamoqxonada jazo muddatini o‘tayotgan vaqtda uylangani ma’lum bo‘ldi