21:55 / 11.06.2021
2 328

O‘zbekistonda kim va nima uchun iste’molga yaroqli hasharotlarni yetishtirmoqda?

O‘zbekistonda kim va nima uchun iste’molga yaroqli hasharotlarni yetishtirmoqda?

Foto: Deep Food Tech Conference
Singapurning Entomo Ventures kompaniyasi ko‘plab davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham iste’mol qilsa bo‘ladigan chigirtkalarni ko‘paytirmoqda, deb xabar beradi Spot.

Kompaniya vakili Aleksey Pronichkin Deep Food Tech Conference doirasida bu qanday amalga oshirilishi va hasharotlar nimaga kelajak yeguligiga aylanayotganini so‘zlab berdi.

Kim va nima uchun hasharotlarni yemoqda?
Yer aholisining yarmi baribir hasharot yeb ko‘rgan. Bu, albatta, asosan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari aholisi hisoblanadi, ammo hozirda bu kabi mahsulotlar dunyoning boshqa nuqtalarida, masalan, Yevropada ham paydo bo‘la boshlagan.
Bu adaptatsiya hisobga olingan holda tabiiy usulda amalga oshiriladi — Yevropada hasharotlar qarsillagan chigirtka yoki chigirtkalardan iborat konservalar ko‘rinishida sotilmoqda. Shu orqali odatdagi ko‘rinishdagi noodatiy mahsulot paydo bo‘ladi.

Mahsulotlar lineykasi ancha keng — chigirtka unidan ko‘plab mahsulotlar, masalan, yengil taomlar, kulchalar va hatto shokolad tayyorlanadi. Hozirda sotuvda chigirtkalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan protein shariklari, bize, pechene, pasta va obakidandonlar mavjud.

Chigirtkalar tarkibida oqsildan tashqari, temir, fosfor, magniy, kalsiy, polisaxaridlar, shuningdek, A, B2 va C vitaminlari borligi uchun tanlangan. Bularning barchasi oziq-ovqat elementlari hisoblanadi.

Aleksey Pronichkinning so‘zlariga ko‘ra, chigirtkalar tarkibida kalsiy sutdagidan ko‘p; temir esa ismaloqdan, sellyuloza dukkakli o‘simliklardagidan ko‘p:

Foto: Deep Food Tech Conference
O‘zbekistondagi chigirtka fermalari
Kompaniyaning hozirda oltita mamlakatda — Rossiya, Shveysariya, BAA, Vetnam, Indoneziya va O‘zbekistonda loyihalari bor. Pronichkinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda chigirtka fermalarini yaratish bo‘yicha butun boshli dastur ishga tushirilgan:

Foto: Deep Food Tech Conference
O‘zbekistondagi kompaniyaning vazifasi chigirtkalarni klassik usulda katta fermalarda ko‘paytirish o‘rniga maxsus konteynerlarda foydalanishdan iborat. Ushbu maxsus konteynerlar qishloq aholisiga berilib, unda chigirtkalar ko‘paytiriladi va ular markaziy fermaga topshiriladi. U yerda «hosil» qayta ishlanadi.

Bu xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi, chunki chigirtkalarni qayta ishlash uchun odamlarni ushlab turish kerak emas — fermalar yetishtiradi, markaz xodimlari qayta ishlaydi.

Pronichkinning so‘zlariga ko‘ra, bitta konteynerdagi «hosil» fermerlarga foyda olish va keyinchalik ham bu bilan shug‘ullanish imkonini beradi.
Konteynerlar va markaziy ferma:

Foto: Deep Food Tech Conference
Konteynerlar ichi:

Foto: Deep Food Tech Conference
Pronichkinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqlim jihatidan chigirtkalari ko‘paytirish uchun ma’qul keladi, hukumat esa bunga qarshi chiqmagan — Entomo Ventures barcha ruxsatlarni olgan.

«O‘zbekiston ushbu mahsulotning eksportiga, jumladan, Yevropaga sotilishiga juda katta qiziqish bildirgan. Bu kabi masalalar shaxsan mamlakat prezidentining nazoratida. Mamlakat juda tez javob berib, ushbu sohaning paydo bo‘lishiga yordam berish uchun barcha zaruriy o‘zgartirishlarni amalga oshirdi. Bu to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlangan harakat: Yevropaga unni Vetnam va Tailanddan olib kelish qimmat. O‘zbekiston to‘g‘ri strategiyani tanladi», — deydi u.

Entomo Ventures vakilining qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda chigirtkalarni TNVED (Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi) qoidalari bo‘yicha klassifikatsiya qilish imkoni paydo bo‘lgan, bu esa jarayonga yordam bergan. Pronichkinning aytishicha, masalan, Rossiyada bunday emas.

Hozirda kompaniya yangi texnologiyalardan faol foydalanmoqda. IoT-datchiklar, videokameralar, mikrofon va neyrotarmoqlar yordamida mutaxassislar hasharotlarning harakatini o‘rganmoqda.

Video chigirtkalarning jinsini va ularning kasallikka chalingan turlarini, chirillash audioyozuvlari — harorat, zaharlanish, ochlik va issiqlik sabab stressni aniqlashga yordam beradi. Bularning barchasi jarayonni avtomatlashtirish va qo‘l mehnatini kamaytirishga xizmat qiladi.

Qayta ishlash jarayoniga kelinadigan bo‘lsa, chigirtkalar nar va urg‘ochiga avtomatik ravishda ajratiladi. Urg‘ochilar pivo uchun gazak maqsadida qadoqlansa, narlaridan un tayyorlanadi. Hasharotlar shokli muzlatish orqali o‘ldiriladi.

Pronichkinning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya hasharotlardan tayyorlangan proteinni iste’mol qiluvchi uchta drayverni ko‘rmoqda:
  • Insoniyat uchun kurash — og‘ir sharoitlarda yetishtirilayotgan yirik shoxli qoramollar soni kamaymoqda;
  • Tabiatga ziyon yetkazishni kamaytirish uchun kurash — karbonat angidridning havoga chiqishi anchaga kamayadi;
  • Foydali — vitaminlari ko‘p.
Hasharotlardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari bozorda tez o‘smoqda — o‘rtacha yillik temp 38 foiz.
Entomo Ventures prognozlariga ko‘ra, 2026 yilda bu boradagi hajm 1,4 milliard dollarga baholanadi (2018 yilda 152 million dollar bo‘lgan). Bunga chigirtka uni Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikada qonuniylashtirilgani turtki beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kim va nima uchun iste’molga yaroqli hasharotlarni yetishtirmoqda?